TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan O‘zbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta’lim granti ajratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o‘zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi”, - deyiladi xabarda.
Pravitelstvo kitayskoy provinsii Shensi videlilo 1,8 milliona dollarov SShA v vide obrazovatelnix grantov dlya uzbekskoy molodeji.
© Edu.uz
Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng bo‘lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi. Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.
Mazkur grant dasturi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim hamkorligining muhim natijasi bo‘lib, o‘zbekistonlik yoshlarga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbir doirasida Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, jumladan, gubernator Zhao Gang hamda Changan universiteti rahbariyati universitetga tashrif buyurgan.