O‘zbekistonlik bokschilar Xitoydagi turnirda 8 ta medal qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik bokschilar musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Xitoydagi turnirda 8 ta medal qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
10-17 iyul kunlari Xitoyning Szuni shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Yakunda o‘zbekistonlik bokschilar musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Oltin medal:
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov
+92 kg: Arman Maxanov
-66 kg: Dilfuza Bekova.
Kumush medal:
-57 kg: Nigina O‘ktamova.
Bronza medal:
-71 kg: Samandar Habibullayev
-50 kg: Zilolaxon Yusufova
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-60 kg: Rashida Tagirova.
Boks: Navbahor Hamidova Jahon kubogida oltin medalga ega chiqdi