Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh mayda shoxli mol olib kelinadi

Mo‘g‘ulistondan olib kelingan mollar soni 2029-yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh mayda shoxli mol olib kelinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining 18-iyul kuni imzolangan qarorida aytib o‘tilgan.

“Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish va ularni mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko‘paytirish orqali ularning sonini 2029-yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkazish” maqsad qilingan, - deyiladi qarorda.

Shuningdek, qarorda Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni import qiluvchi tadbirkorlarga qator imtiyozlar nazarda tutilgan:
Havo transportida tashish xarajatlarining 50 % davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish;
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda kechiktirib to‘lash;
Xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari hisobidan yillik 10 % stavkada 5-yil muddatga 2-yillik imtiyozli davr bilan ajratish;
Kredit mablag‘larini sug‘urta qilishda - mol-mulk garov ta’minotini 50 foizgacha etib belgilash.
Kamida 1000 bosh mayda shoxli mol import qilgan tadbirkorlarga yaylov yerlari muayan shartlar asosida ijaraga berish.
Undan tashqari prezident qarorida O‘zbekiston oziq-ovqat va to‘g‘imachilik sanoati mahsulotlarini Mo‘g‘ulistonga eksport qilish, Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston savdo uylari ochish va boshqa chora-taduirlar aytib o‘tilgan.