TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Termiz poligonida bo‘lib o‘tayotgan "Hamkorlik-2025" qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlarida Rossiya harbiy xizmatchilari O‘zbekiston harbiylari bilan zamonaviy qurolli mojarolarni o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashishdi.
Rossiya Markaziy harbiy okrugining 201-Rossiya harbiy bazasi bo‘linmalari zamonaviy jang usullarni amalda namoyish etdi. Xususan, istehkomga hujum qilish va uni qo‘lga olish, yaradorlarni evakuatsiya qilish va o‘q otish mashqlari namoyish etildi.
Xamkorlik-2025: Ucheniya Rossii i Uzbekistana
© Minoboroni RF
Shuningdek, razvedka va hujumchi dronlar operatorlarini tayyorlash, elektron urush vositalari va o‘q otar qurollar yordamida dushman dronlariga qarshi kurashish usullari ham ko‘rsatildi.
Mashg‘ulotlarga 400 ga yaqin harbiy xizmatchilardan iborat maxsus bo‘linmalar jalb qilingan. 14-iyul kuni boshlangan o‘quv mashg‘ulotlari 10 kun davom etadi. Tadbir doirasida harbiy mashg‘ulotlardan tashqari, madaniy hordiq hamda sport musobaqalari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Xamkorlik-2025: Voyennie ucheniya Rossiya-Uzbekistan
© Minoboroni Uzbekistana