Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya yana ming nafar askar jasadini Ukrainaga topshirdi

Medinskiyga ko‘ra, Rossiya Ukrainadan Rossiya Qurolli kuchlarining 19 nafar askari jasadini qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Rossiya Istanbul kelishuvlari doirasida Ukraina Qurolli kuchlarining yana 1000 nafar askari jasadini Ukrainaga topshirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi, Ukraina tomoni bilan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy ma’lum qildi.
“Istanbul” kelishuvlarining davomi sifatida bugun Ukraina Qurolli kuchlarining yana 1000 nafar askarining jasadi Ukrainaga topshirildi”, — deb yozdi Medinskiy Telegram kanalida.
Medinskiyga ko‘ra, Rossiya, kelishuvlarga muvofiq, Ukrainadan Rossiya Qurolli kuchlarining 19 nafar askari jasadini qabul qildi.

“(Ukraina tomondan - tahr.) halok bo‘lgan askarlarimizning 19 tasini jasadini oldik”, — deb yozadi Medinskiy.

RIA Novosti manbasiga ko‘ra, Moskva jami uch ming jasadni Kiyevga topshiradi, bugungi bosqich bu jarayonning boshlanishi.
Halok bo‘lgan Ukraina askarlarining jasadlarini topshirish
Rossiya va Ukraina 2-iyun kuni Istanbuldagi muzokaralarda jasadlarni topshirish bo‘yicha kelishib oldi.
Kiyev 7-iyun kuni jasadlarni qabul qilishni kutilmaganda qoldirib, kelishuvni buzishga urindi.
Jarayon 11-iyundagina boshlandi, u bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 16-iyunda yakunlandi.
Rossiya Ukrainaga Ukraina Qurolli kuchlarining halok bo‘lgan ofitserlari va askarlarining 6060 jasadini topshirdi.
Kiyev halok bo‘lgan 79 rus askarining jasadini qaytarib berdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina asirlar almashish va harbiylar jasadini qabul qilishni noma’lum muddatga qoldirmoqda