O‘zbekistonda buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Yanvar-may oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlar sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 056,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlar sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 056,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 257,5 mlrd so‘mga yoki 15,4% ga oshgan.
Hisoblar tuzish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy taftish (audit) sohasida xizmatlar, shuningdek, soliqqa tortish sohasidagi maslahat xizmatlari hajmi 738,2 mlrd so‘mni yoki huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlar umumiy hajmining 69,9% ini tashkil etgan.