O‘zbek sirk ustalari xalqaro festivalda nufuzli o‘rinni egallashdi

1-o‘ringa Peru, 2-o‘ringa Belgiya, Portugaliya, Xitoy, 3-o‘ringa Rossiya, O‘zbekiston, Vengriya davlatlari munosib ko‘rildi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbek sirki dunyoning 20 dan ortiq davlati ishtirok etgan festivalda nufuzli o‘rinni egalladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Lotin Amerikasi qit’asining Peru davlatida ilk bor “PULЬS” nomli xalqaro sirk festivali bo‘lib o‘tdi.
Uzbekskiy sirk zanimayet prestijnoe mesto na festivale, v kotorom prinimayut uchastie bolee 20 stran mira
Ushbu nufuzli festivalda Kristina Vorobova rahbarligidagi O‘zbeksirk jamoasi vakillarining “Osmoniy farishtalar” jamoasi kanatda yurish janridagi “Uch nafas” raqami bilan ishtirok etdi. O‘zbekiston vakillari 3-o‘rinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi.
1-o‘ringa Peru, 2-o‘ringa Belgiya, Portugaliya, Xitoy, 3-o‘ringa Rossiya, O‘zbekiston, Vengriya davlatlari munosib ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli festivalda dunyo bo‘ylab 20 dan ortiq davlat va 100 nafarga yaqin jahon darajasidagi sirk artistlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Vengriya bilan sirk san’ati sohasida hamkorlik qilmoqchi