Chorvoq bo‘yidagi firuza rangli go‘zal maskan — "tinchlantiruvchi" suratlar

Agar qalbingiz shahar shovqinlaridan charchab, ruhingiz osoyishtalik va tabiat qo‘ynini sog‘insa — Yakkatutga tashrif buyurish ideal tanlov.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik, Bahrom Hatamov. Chorvoq suv omborining tog‘ yonbag‘irlarida Yakkatut degan kichik qishloq joylashgan.
Bu hudud ko‘pincha Yuqori Burchmulla deb ataladi. Ko‘ksu darosi va ko‘prik ikki aholi punkti o‘rtasida tabiiy chegara vazifasini o‘taydi – bir tomondan eski Burchmullani, ikkinchi tomonida aholi ko‘payib, yashash uchun yangi yerlar qidira boshlagan paytda paydo bo‘lgan Yakkatutni yuvib turadi.
Bu yerdagi sukutda o‘tmish bilan bugunning chambarchas bog‘liqligini sezish oson. Tor ko‘chalar, qadimiy urf-odatlar va yangi uylar hamda zamonaviy hayot tarzi. Mahalliy aholining asosiy qismi o‘z madaniyati, tili va mehmondo‘stligini asrlar davomida saqlab kelgan tojiklardir.
Yakkatut odatiy ma’noda kurort emas. Bu joy o‘yin-kulgini emas, balki sukunat, ma’no va soddalikni qidiradiganlar uchun joy. Bu yerda qushlarning qo‘shig‘i bilan uyg‘onish, suv manzarasida choy ichish mumkin.
1 / 16
2 / 16
3 / 16
4 / 16
5 / 16
6 / 16
7 / 16
8 / 16
9 / 16
10 / 16
11 / 16
12 / 16
13 / 16
14 / 16
15 / 16
16 / 16