TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan uchrashishdan doimo mamnunmiz”, - deb yozadi Saidov.
Baxtiyor Saidov vstretilsya s ministrom inostrannix del Kitaya Van I
© Baxtiyor Saidov/Telegram
Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish, barqarorlikni ta’minlash va ko‘p tomonlama hamkorlik orqali umumiy maqsadlarga erishish yo‘llari muhokama qilindi.
“O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan harakatlarimiz xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi”, - deydi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.