TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Kremlga AQSh yetakchisi Donald Trampning Rossiyaga nisbatan yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"AQSh prezidentining bayonotlari juda jiddiy, ularda nimadir shaxsan prezident Putinga qaratilgan. Bizga, albatta, Vashingtonda aytilganlarni tahlil qilish uchun vaqt kerak”, — dedi u jurnalistlarga.
Dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp agar 50 kun ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, AQSh Rossiya neftini sotib oluvchi mamlakatlarga nisbatan Rossiyadan keladigan tovarlarga 100 foizlik boj va ikkilamchi sanksiyalar joriy qililishini aytdi.
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi davlatlari seshanba kuniyoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini kelishib olishi mumkinligini aytdi.