TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkentda voleybol bo‘yicha yigitlar o‘rtasida U19 yosh toifasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
“24 iyul – 3-avgust kunlari poytaxtimiz voleybol bo‘yicha yigitlar o‘rtasida U19 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mamlakatimizda ushbu sport turida ilk bor tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi g‘oliblik uchun bellashadi”, — deyiladi xabarda.
“A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi pley-off bosqichi yo‘llanmasi uchun Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokiston jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Jamoaning guruh bosqichidagi taqvimi quyidagicha:
1-tur: O‘zbekiston – Turkiya (24 iyul);
2-tur: O‘zbekiston – Pokiston (25 iyul);
3-tur: O‘zbekiston – Puerto-Riko (26 iyul);
4-tur: O‘zbekiston – Argentina (28 iyul);
5-tur: O‘zbekiston – Belgiya (29 iyul).
Bellashuvlar “Yunusobod” sport majmuasi hamda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining zallarida tashkil etiladi.