Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Voskresenka va Petrovkani ozod qildi

"Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari DXRning Petrovka aholi punktini nazorat ostiga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. "Vostok" guruhi DXRdagi Voskresenka aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, "Vostok" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining faol va qat’iy harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Voskresenka aholi punkti ozod qilindi.
Shuningdek, "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari DXRning Petrovka aholi punktini nazorat ostiga oldi.
"Qo‘shinlarning "Janub" guruhi bo‘linmalari hujum harakatlarini davom ettirdi, taktik vaziyatni yaxshiladi va Donesk Xalq Respublikasining Petrovka aholi punktini ozod qildi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari DXRda Nikolayevkani ozod qildi