YeOII fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni ko‘rib chiqmoqda

YeIK qarorgohida xalqaro tashkilotlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanish va tartibga solish istiqbollarini muhokama qilmoqda, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
Fuqarolik maqsadlarida uchuvchisiz uchish tizimlaridan foydalanish holati va istiqbollari, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishda xavfsizlik masalalari "Fuqarolik aviatsiyasida uchuvchisiz uchish tizimlari: Istiqbollar, muammolar va tartibga solish”, nomli davra suhbatida ko‘rib chiqildi.
Tadbir Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bosh qarorgohida YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev raisligida bo‘lib o‘tdi.
"Global raqamlashtirish va samarali logistika yechimlariga bo‘lgan talab sharoitida uchuvchisiz texnologiyalar xavfsizlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va transport funksiyalarini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi”, — dedi Arzibek Kojoshev.
Tadbir doirasida zamonaviy sharoitlarda Uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faoliyatini tartibga solish masalasi bo‘yicha tajriba va xalqaro amaliyot almashildi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi va Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi Fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar vakillari mavzu bo‘yicha dolzarb mavzular va xalqaro tartibga solish masalalarini taqdim etdishdi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha parvozlar xavfsizligi, raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellektning roli va boshqalarga oid meyoriy hujjatlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan Rezolyutsiya tayyorlandi.