Matbuot markazi

Anons: qo‘shni davlatlarda aniqlangan kuydirgi kasalligining YeOIIda tarqalish xavfi bormi?

Tadbir Rossiya Ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko ishtirokida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 16-iyul, soat 13:00da Moskva - Minsk - Ostona - Bishkek - Yerevan - Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
“YeOII mamlakatlari bioxavfsizligi” mazusidagi tadbir Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko ishtirokida o‘tkaziladi.
Quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
YeOII mamlakatlari tibbiyoti sun’iy intellekt imkoniyatlaridan qanchalik foydalanmoqda?
Qozog‘iston va Tojikistonda kuydirgi bilan kasallanish holatlari aniqlanganidan so‘ng, kasallikning YeOII mamlakatlarida tarqalish xavfi bormi?
Anomal issiq bilan qanday kurashish mumkin? Allergiya va tarqoq sklerozni davolashning yangi usullari paydo bo‘ldimi?