Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi G‘arb qo‘shinlari bosqinchilarga tenglashtiriladi — Rogov

Rogov: Ukrainadagi G‘arb kontingenti bosqinchi qo‘shinlarga tenglashtiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. G‘arb harbiy kontingenti Ukrainada joylashtirilgan taqdirda bosqinchi qo‘shinlarga tenglashtiriladi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, yangi hududlar integratsiyasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
Payshanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan qo‘shma matbuot anjumanida o‘t ochishni to‘xtatgandan so‘ng Ukrainaga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma ekspeditsiya kuchlari 50 ming kishigacha bo‘lishini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov juma kuni Ukraina hududida xorijiy harbiy kontingentlarning Rossiya chegaralari yaqinida joylashtirilishi Rossiya uchun nomaqbul ekanligini aytdi.

"Makron bunday bayonotlarni birinchi marta berayotgani yo‘q. Ukrainadagi G‘arb harbiy kontingentining tinchlikparvarlik missiyasi bilan hech qanday aloqasi yo‘q, bu oddiy bosqinchilar bo‘ladi, ular uchun Ukraina Rossiyaga qarshi xomashyo bazasi va plasdarm sifatida qiziq” — dedi Rogov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari harbiy kontingentini Ukraina hududida joylashtirish ularni harbiy mojaroning kafolatlangan ishtirokchisiga aylantiradi.
"Bugun Fransiyaga tinchlikparvar kuchlarni kiritish uchun Ukrainaga qaraganda ancha ko‘p asoslar mavjud. Aynan Fransiyani Makron va oddiy fransuzlarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishidan qutqarish kerak”, — dedi Rogov.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi