Samarqanddan Sochiga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Kompaniya: chiptalar narxi 1,6 million so‘mdan boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi 23-iyuldan boshlab Samarqanddan Sochiga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
"23 iyuldan boshlab Samarqanddan Sochiga parvoz qilamiz”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, parvozlar chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi, chiptalar narxi 1,6 million so‘mdan boshlanadi.
Centrum Air hozirda Toshkentdan Moskva, Qozon, Novosibirsk, Mineralnie Vodi, Samarqanddan Vladivostok va Xabarovskka, Namangandan Moskvaga parvozlarni amalga oshirmoqda.