O‘zbekiston va Rossiya olimlari noyob fotoko‘rgazma tayyorlamoqda

Farg‘ona vodiysiga bag‘ishlangan ekspozitsiyaning ochilishi 2025-yilning kuziga rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya olimlari Farg‘ona vodiysi haqidagi noyob fotoko‘rgazmani ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berdi "Katta Oltoy" Oltoyshunoslik va turkologiya ilmiy-ta’lim markazi matbuot xizmati.
"Markaziy Osiyoning tarixga boy maskanlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona vodiysi "Antik davrdan hozirgi kungacha: Farg‘ona vodiysi yodgorliklari va qiyofalarida tarix" fotoko‘rgazmasida yangi qiyofada namoyon bo‘ladi", — deyiladi xabarda.
Mazkur loyiha "Etnomadaniy turizm: Farg‘ona merosi - 2025" xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi natijasidir. Tadqiqotchilar Farg‘onaning turistik salohiyatini qayd etib, o‘rganib chiqishdi va mintaqaning diqqatga sazovor joylarini o‘tmish va bugun o‘zaro bog‘langan madaniy muhit prizmasi orqali taqdim etishdi.
Uchenie Rossii i Uzbekistana gotovat k otkritiyu unikalnuyu fotovistavku o Ferganskoy doline
"Ko‘rgazmada 100 dan ortiq fotosuratlar namoyish etiladi, ular orqali tomoshabin Farg‘ona bo‘ylab vizual sayohat qilishi mumkin: qadimgi manzilgohlar va o‘rta asr maqbaralari izlaridan tortib, bugungi kunda an’analarni asrab-avaylayotgan va mintaqaning yangi qiyofasini shakllantirayotganlarning haqiqiy his-tuyg‘ularigacha. Bu — kadrda qotib qolgan avlodlar muloqoti. Ko‘rgazma O‘zbekistonga yangi, haqqoniy va ko‘p qirrali nigohni taqdim etadi", — dedi "Katta Oltoy" Oltoyshunoslik va turkologiya milliy markazi yetakchi ekspertiIvan Nazarov.
Ekspozitsiya tadqiqotchilar, fotograflar, madaniyatshunoslar, pedagoglar, turoperatorlar, Farg‘ona vodiysi bilan tanish bo‘lganlar yoki endigina u bilan tanishish arafasida turganlarga mo‘ljallangan.
Uchenie Rossii i Uzbekistana gotovat k otkritiyu unikalnuyu fotovistavku o Ferganskoy doline
"Ko‘rgazma tomoshabinlarni Farg‘ona va Andijon viloyatlari aholisining kundalik va bayram madaniyati bilan tanishtiradi. Fotosuratlar ijtimoiy, madaniy va siyosiy aloqalar, shuningdek, avval SSSR tarkibida, keyin esa mustaqil O‘zbekiston Respublikasida umumiy chegaralar bilan tarixan bog‘langan xalqlarning oilaviy turmush tarzidagi umumiy va o‘ziga xos jihatlarni ko‘rish imkonini beradi. Oilaviy hayotning bu o‘ziga xos solnomasi Farg‘ona vodiysi etnoslarining an’anaviy madaniyatlari haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Bu oilaviy an’analarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini taqqoslash orqali o‘z ildizlarining noyobligini his qilishga yordam beradi”, — dedi ekspeditsiya a’zosi, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimi, etnograf Sabohat Soatova.
Ko‘rgazmaning ochilishi shu yilning kuziga rejalashtirilgan. Uning Rossiyadagi taqdimoti 15-sentabr kuni Barnaulda OltDU bazasida bo‘lib o‘tadigan "Katta Oltoy hududida slavan-turk dunyosi: tarix va zamonaviylik" IV Xalqaro Oltoy forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.