Ulug‘bek Rashidovning Olimpiada yutuqlari saqlanib qoladi

Faqatgina 2025-yil 25-fevral va 2025-yil 13-may kuniga qadar qo‘lga kiritgan sovrinlari bekor qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Antidoping agentligi Ulug‘bek Rashidovning diskvalifikatsiyasi yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz, Ulug‘bek Rashidovning 2025-yil fevral oyiga qadar qo‘lga kiritgan o‘rinlari saqlab qolinadi. Bu qoidabuzilish Tokio 2020 va Parij 2024 Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan oltin medallarga ta’sir o‘tkazmaydi, deyiladi xabarda.
Faqatgina 2025-yil 25-fevral va 2025-yil 13-may kuniga qadar qo‘lga kiritgan sovrinlari bekor qilinadi.
Taekvondo bo‘yicha terma jamoa a’zosi, ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashidov antidoping qoidabuzarligini sodir etganligi sababli ikki yilga chetlatildi. Bu haqida Xalqaro testlash agentligi (ITA) ma’lum qilgan.
Butunjahon antidoping kodeksining 2.4 bandiga asosan sportchilar ADAMS tizimi orqali bir yil davomida uch marotaba joylashuv manzili xaqida batafsil (uy manzili, xonadon rakami, kirish eshigi kodi (agar bulsa), qo‘shimcha telefon raqami) ma’lumot ko‘rsatmagan yoki qisman ma’lumot ko‘rsatmagan taqdirda bu holat qoidabuzarlikka sabab bo‘ladi.
Sportchi U.Rashidovdan doping sinama olish uchun kelgan halqaro doping ofitserlar u joylashgan manzilni topa olmagan (uy manzilini to‘liq ko‘rsatmagan), uchinchi safar esa ADAMS tizimiga manzilni o‘zgartirishga ulgurmagan.
Butunjahon antidoping kodeksiga asosan bu kabi xatolik bir yil ichida 3 marotaba kuzatilganligi sababli Xalqaro testlash agentligi tomonidan 2-yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, diskvalifikatsiya muddatini o‘tayotgan sportchi har qanday turdagi xalqaro va mahalliy sport musobaqalarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar bu holat kuzatilgan taqdirda qo‘shimcha jazo qo‘llaniladi.