TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Moskva Kimoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga (KQTT) Kiyevning kimoviy qurol qo‘llaganini tasdiqlashda texnik yordam ko‘rsatish uchun Rossiyaga ekspertlar yuborishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakili, Gaagadagi elchi Vladimir Tarabrin RIA Novostiga ma’lum qildi.
Gaagada 8-11 iyul kunlari Kimoviy qurolni taqiqlash tashkiloti ijroiya kengashining 109-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
"Rossiya tomoni nafaqat ukrainalik millatchilar tomonidan zaharli kimoviy moddalar va jangovar zaharlovchi moddalarni qo‘llash holatlarini, balki Ukrainada ularni ommaviy ishlab chiqarishning keng tarqalgan tizimi mavjudligini qayd etishda davom etmoqda”, — dedi Vladimir Tarabrin.
Shu munosabat bilan, tashkilotning Texnit kotibiyati ekspretlarini texnik yordam ko‘rsatish maqsadida Rossiyaga yuborishni suramoqda.
Uning aniqlik kiritishicha, Rossiyaning Ukraina qurolli tuzilmalaridan ozod qilingan hududida zaharli kimoviy moddalar, jumladan, xlorpikrin bilan to‘ldirilgan qo‘lbola portlovchi qurilmalar to‘plamlari aniqlangani sababli texnik yordam talab etiladi.
"Bu borada KQTTtexnik kotibiyatining xolis va obyektiv yondashuviga umid qilamiz”, deya qo‘shimcha qildi Tarabrin.