TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da ayrim tovarlar uchun markirovkalashning umumiy qoidalari belgilanmoqda. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi Rossiya Federatsiyasining takliflarini ko‘rib chiqib, bir qator yangi toifadagi tovarlarga nisbatan raqamli markirovkalashning umumiy qoidalarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Jumladan:
osotr va losos baliqlarining ikralari;
velosipedlar va velosiped ramalari;
surkov moylarining ayrim turlari;
surkov materiallari va maxsus avtomobil suyuqliklari;
antimikrob ta’sirga ega bo‘lgan kosmetika mahsulotlari;
dezinfeksiyalovchi vositalar.
“Markirovkalanadigan tovarlar sonining kengayishi iste’molchilarga mahsulotning haqiqiyligiga ishonch hosil qilish imkonini beradigan, shuningdek noqonuniy aylanmani kamaytirish hisobiga bozorning halol ishtirokchilari raqobatbardoshligini oshiradigan Ittifoqning umumiy markirovkalash tizimi rivojlanayotganidan dalolat beradi”, — tushuntirdi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi tovarlar guruhlarini markirovkalash, avvalgidek, yagona qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda 2019-yilda YeIK Kengashining qarori bilan tasdiqlangan YeOIIda tovarlarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash tizimining bazaviy texnologik tashkiliy modeli qoidalari hisobga olinadi. Shu tariqa, kodlarning o‘zaro tan olinishi ta’minlanadi, bu esa tovarlar Ittifoqda muomalada bo‘lganda ularni qayta markirovkalash zaruratini istisno etadi.