TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik ishbilarmonlar Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Innoprom–2025 xalqaro ko‘rgazmasida qator muzokaralar o‘tkazishdi, deya xabar berdi O‘zcharmsanoat” uyushmasi.
“Made in Uzbekistan” milliy stendi bilan ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar nafaqat o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda, balki aniq muzokaralar, sektorlararo hamkorlik va kelajak rejalari bilan qatnashmoqda.
“Bu oddiy ishtirok emas. Bu – sanoat orqali mamlakat qiyofasini namoyish qilish, mahsulot orqali diplomatiya olib borish, muzokaralar orqali yangi bozorlarga kirish deganidir”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ko‘rgazmadagi muzokaralarning dastlabki kunidayoq o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning stendi atrofida Rossiya va Qozog‘istondan kelgan mutaxassislar, kompaniya egalari va distributorlar yig‘ildi. Ular orasida – KLMZ – TOO “Maker” kompaniyasi vakillari ham bor.
“Qozog‘istondagi konchilik sanoati uchun mahsus kiyim va poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bu tashkilot O‘zbekiston mahsulotlariga jiddiy qiziqish bildirdi. Muzokaralarda konchilar uchun himoyaviy qatlam bilan qoplangan, past harorat va changga chidamli materiallar muhokama qilindi. O‘zbekiston mahsulotlarida nafaqat narx, balki sifat ham bor”, dedi kompaniya vakillari”, — deya qayd etilgan xabarda.
Na vistavke v Yekaterinburge uzbekskie kompanii proveli peregovori s zarubejnimi partnyorami po postavkam spetsodejdi dlya gornodobivayushey promishlennosti, karakulya, sportivnoy formi i texnicheskogo sotrudnichestva.
© Assotsiatsiya "Uzcharmsanoat"
Shuningdek, Rossiyaning “Teplofor” va “Zavod GRI” korxonalari bilan og‘ir sanoat uchun zamonaviy, yuqori texnologik tekstil asosidagi issiqlik saqlovchi kiyimlar va og‘ir ish sharoitlariga mo‘ljallangan poyabzallar ishlab chiqarish bo‘yicha texnik hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Bu mahsulotlar ko‘mir, neft, gaz va tog‘-kon sanoatida ishlatiladi – ayni damda butun Yevrosiyo bozorida ularga talab yuqori.
Na vistavke v Yekaterinburge uzbekskie kompanii proveli peregovori s zarubejnimi partnyorami po postavkam spetsodejdi dlya gornodobivayushey promishlennosti, karakulya, sportivnoy formi i texnicheskogo sotrudnichestva.
© Assotsiatsiya "Uzcharmsanoat"
Shuningdek, rossiyalik taniqli dizayner bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qorako‘l xomashosi asosida maxsus kolleksiya ishlab chiqish, O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tayyor mahsulot eksport qilish va brendlashtirilgan loyihalarni birgalikda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Zamonaviy sanoat nafaqat og‘ir texnika yoki avtomatlashtirilgan tizimlar bilan cheklanadi. Bugungi bozorda sport kiyimlari, jamoa formasi, korporativ brend kiyimlari ham katta sektorni egallaydi. Rossiyaning EVRAZEN kompaniyasi bilan o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar sport klublari, xususiy firmalar va maktablar uchun forma tikish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilishdi. Kompaniya vakillarining aytishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sport mahsulotlari sifatli, narxi esa muqobillariga qaraganda ancha maqbul.
Na vistavke v Yekaterinburge uzbekskie kompanii proveli peregovori s zarubejnimi partnyorami po postavkam spetsodejdi dlya gornodobivayushey promishlennosti, karakulya, sportivnoy formi i texnicheskogo sotrudnichestva.
© Assotsiatsiya "Uzcharmsanoat"
Sport velosipedlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Dautov Bros brendi bilan muzokaralar ham o‘tkazildi. Aytilishicha, kompaniya o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilardan kiyim-kechak, sumka va aksessuarlarga autsorsing shartlari asosida buyurtma berishdan manfaatdor.