TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Erkin kurash bo‘yicha U15 O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha U15 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi yakunlandi.
Erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.
G‘oliblar:
Oltin medal: -38 kg: Asomiddin Badriddinov, -75 kg: Abduqodir Sarsenbayev;
Kumush medal: -52 kg: Behzodbek Ibrohimov, -68 kg: Muhammadali Mo‘ydinov;
Bronza medal: -48 kg: Yosinali Siddiqov, -57 kg: Ismoiljon Nazirjonov.
Ushbu natija bilan yigitlar umumjamoa hisobida Hindiston va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallashdi. Ertadan ushbu shaharda U20 yosh toifasidagi bahslar start oladi.