Namanganda “Norin GESlar kaskadi” qurilmoqda — tafsilotlar

Kaskaddagi birinchi gidroinshoot shu yil davlat mustaqilligining 34-yillik bayrami arafasida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Namangan viloyatida “Norin GESlar kaskadi” qurilmoqda. Bu haqda "O‘zbekgidroenergo" AJ xabar berdi.
Norin GESlar kaskadi Namangan viloyati Norin darosida joylashgan. Uning loyihaviy quvvati 228 MVtga teng, har biri 38 MVt quvvatga ega 6 ta GESdan iborat.
V Namanganskoy oblasti na reke Norin vozvodat 6 GES obshey moshnostyu 228 MVt.
“Kaskaddagi birinchi gidroinshoot – GES-1 ni joriy yilda Davlatimiz mustaqilligining 34-yillik bayrami arafasida ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda hamda bu borada Jamiyat tomonidan katta mas’uliyat bilan, jadallik asosida amaliy ishlar tashkil qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.
V Namanganskoy oblasti na reke Norin vozvodat 6 GES obshey moshnostyu 228 MVt.
Ushbu loyiha energetik quvvati jihatidan Namangan viloyati tarixida barpo qilinayotgan eng yirik gidroenergetik obyekt hisoblanadi.
Loyiha to‘liq “O‘zbekgidroenergo” AJ mablag‘lari asosida moliyalashtirilmoqda. U mahalliylashtirish doirasida ishlab chiqariladigan asosiy texnologik qurilmalar (gidroagregatlar) orqali amalga oshirilmoqda.
“Tom ma’noda, Norin GESlar kaskadi respublikada ilk bor to‘lig‘icha “milliy GES”ga aylanadi. Chunki, ushbu loyiha to‘liq Jamiyat mablag‘lari hisobidan, mahalliy loyihalashtirish va pudrat tashkilotlarini safarbar qilgan holda amalga oshirilmoqda”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
V Namanganskoy oblasti na reke Norin vozvodat 6 GES obshey moshnostyu 228 MVt.
Qayd etilishicha, mazkur loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 1 025 mln. kVt.soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Yiliga qariyb 430 mingta xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, yiliga o‘rtacha 277 mln. m3 gaz iqtisod qilinadi.
Namanganda uchta elektr stansiyasi qurilishi boshlandi — tafsilotlar