TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. AQShning Ukrainaga hozirga qadar ko‘rsatgan yordami miqdori 123,3 milliard dollarga yetdi, deb yozadi RIA Novosti ochiq ma’lumotlar va Kil Jahon iqtisodiyoti instituti (Germaniya) ma’lumotlari asosida.
Shunday qilib, institut ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil apreliga qadar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga umumiy qiymati 123,3 milliard dollar bo‘lgan turli xil yordamlarni o‘tkazgan.
Ushbu mablag‘dan harbiy yordam eng katta ulushga to‘g‘ri keladi - 69,5 milliard dollar. Keyingi o‘rinlarda moliyaviy yordam – 50,1 milliard dollar va gumanitar yordam – 3,7 milliard dollar.
RIA Novosti ochiq ma’lumotlarni o‘rganib ma’lum qilishicha, maydan iyul oyi boshigacha AQSh Ukrainaga hech qanday yordam ko‘rsatmagan.