TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Ingliz instruktorlari jang maydonidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan Ukraina Qurolli Kuchlari jangchilariga samarasiz bilim berishdi. Bu haqda UQK 23-brigadasining asiri Sergey Shendevinskiy RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Men Staricha qishlog‘ida, Yavorovskiy poligonida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganman... O‘quv markazida biz bilan birga uch nafar ingliz o‘qituvchisi ishlab, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ammo ularning tajribasi maqsadga muvofiq emas edi, chunki ular bizning haqiqiy jangovar harakatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan o‘z qoliplari bo‘yicha o‘qishgan. Va "beshlikda hujum qilish" kabi misol samarasiz edi. Biz o‘quv mashg‘ulotida urinib ko‘rdik va u hech qanday natija bermadi”, — dedi asir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, apreldan maygacha ushbu poligonda 30 ga yaqin G‘arb instruktorlari bo‘lgan. Uning rotasida muhandislik tayyorgarligi, taktik, mudofaa va hujum bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadigan uchta instruktor - maslahatchi bor edi, deb aniqlik kiritdi asir.