TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi darajasi, ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.