Ilon Mask o‘zining siyosiy partiyasini tuzdi

Mask: sizga ozodlikni qaytarish uchun "The America Party" tuzildi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Milliarder Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Tramp bilan mojarodan so‘ng X ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining siyosiy partiyasini tuzganini e’lon qildi.
"Ikkidan birga nisbatda siz yangi siyosiy partiyani xohlaysiz - va siz bunga erishasiz! Mamlakatimiz isrofgarchilik va poraxo‘rlik bilan bankrot bo‘lishiga kelganda, biz demokratiyada emas, bir partiyali tizimda yashayapmiz. Bugun sizga ozodlikni qaytarish uchun The America Party tuzildi", — deb yozadi Mask.
Iyun oyi oxirida Mask Trampning federal xarajatlarni qisqartiradigan, ammo jiddiy soliq imtiyozlarini taqdim etadigan qonun loyihasiga rozi bo‘lmagani fonida AQShda yangi siyosiy partiya tuzishni yana bir bor taklif qildi va hozirda mamlakat "bir partiyali" ekanini aytdi.
Bungacha tadbirkor ushbu qonun loyihasini bir necha bor tanqid qilib, xususan, buning natijasida AQSh budjeti taqchilligi 2,5 trillion dollargacha oshishini, amerikaliklar esa qarzga botishini ta’kidlagan edi.