TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati $5,6 mlnga teng bo‘lgan 28 348 tonna sabzi eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
5 oyda eng ko‘p sabzi Qirg‘iziston (14 990 tonna), Qozog‘iston (7 197 tonna) va Rossiyaga (5 989 tonna) eksport qilindi.
Shuningdek, Ukrainaga 64 tonna, Tojikistonga 61 tonna, boshqa davlatlarga 47 tonna sabzi eksport qilindi.