O‘zbekiston va YeOII

YeIK va ASEAN raqobat sohasida tajriba almashdi

YeIK Raqobat siyosati va davlat xaridlari siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Armine Akopan ishtirokchilarga raqobat siyosati, raqobatni himoya qilish va xalqaro hamkorlik sohasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va ASEAN raqobat bloki vakillari “YeOII va ASEANda raqobat siyosati va huquqni muhofaza qilish” onlayn seminarida raqobat sohasida tajriba almashdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda YeIK raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich ishtirok etdi.
U Komissiyaning Kotibiyat va ASEAN raqobat bo‘yicha ekspertlar guruhi bilan hamkorligi izchil va har ikki tomon uchun foydali bo‘lganini ta’kidladi.
Seminar moderatori, YeIK Raqobat siyosati va davlat xaridlari siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Armine Akopan ishtirokchilarga raqobat siyosati, raqobatni himoya qilish va xalqaro hamkorlik sohasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi.
YeIK Monopoliyaga qarshi tartibga solish departamenti direktori Sergey Maksimov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining raqobatning umumiy qoidalariga rioya etilishini monitoring qilish tajribasi haqida gapirdi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII tamaki kontrabandasiga qarshi kurashishda navigatsiya plombalarini qo‘llamoqchi