Sankt-Peterburgga suv toshqini xavf solmoqda — video

Fin ko‘rfazidan va Kronshtadt suv yo‘li bo‘ylab kemalar harakati to‘xtatildi.
Sputnik
Sankt-Peterburgdagi suv toshqinidan himoya qiluvchi to‘g‘on yopiqligicha qolmoqda - uning tashqi tomonidagi suv 180 sm dan ortiq ko‘tarilgan. Bu haqda Himoya inshootlari majmuasi direksiyasi xabar berdi.

Shaharning bosh sinoptigi Kolesovning aytishiga ko‘ra, suvning maksimal ko‘tarilishi 170-190 sm bo‘lishi mumkin.
Kecha kechqurun barcha to‘g‘onlar "yopiq" holatda edi. Fin ko‘rfazidan shaharga suv yo‘li orqali qatnov to‘xtatildi, Kronshtadt kema yo‘li bo‘ylab kemalar harakati to‘xtatildi.