O‘zbekiston va YeOII

YeOII tamaki kontrabandasiga qarshi kurashishda navigatsiya plombalarini qo‘llamoqchi

YeIK vakillari tamaki va nikotin mahsulotlari bozoridagi holatni muhokama qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tamaki va nikotin kontrabandasiga qarshi navigatsiya plombalari yordamida kurashmoqchi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) yig‘ilishida so‘z bordi.
YeIK bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidov ishtirokida YeOII hududida noqonuniy tamaki mahsulotlarini olib kirish va aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ishchi guruh shu yilning mart oyida Komissiyaning Bojxona tartibga solish bo‘yicha maslahat qo‘mitasi huzurida tuzilgan. Uning tarkibiga 80 nafardan ortiq a’zo kirgan bo‘lib, ularning yarmi uni tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan biznes hamjamiyati vakillaridir.
"Yig‘ilishda YeOII makonida tamaki va nikotin mahsulotlari bozorlarining holati, ushbu sohadagi noqonuniy aylanmaning tendensiyalari va dinamikasi, shuningdek, ushbu mahsulotlarning avtomobilda tashilishini kuzatish uchun navigatsiya plombalarini qo‘llash amaliyoti muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.
Ishtirokchilar Ittifoq bozorida noqonuniy tamaki savdosiga chek qo‘yishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar kiritishdi. Ular YeOII mamlakatlarining vakolatli organlarini jalb qilgan holda Komissiya maydonchasida ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarida tovarlarning xavfsizligi va sifati qanday nazorat qilinadi?