Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni qanday kutib oldi — foto

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. "Zagulba" qarorgohida Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev samimiy kutib oldi.
1 / 9

Harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan saf tortib o‘tdi.

2 / 9

Ozarbayjon tomonidan vazirlik rahbarlari va elchi.

3 / 9

O‘zbekiston tomonidan vazirlik rahbarlari va elchi.

4 / 9

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

5 / 9
6 / 9

Harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan saf tortib o‘tdi.

7 / 9

Davlat madhiyalari yangradi.

8 / 9
9 / 9

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi 4-iyulga qadar davom etadi. Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tashrif dasturini e’lon qilgandi.