Kompaniyalar xabarlari
Ushbu bo‘limda kompaniyalar faoliyatiga oid yangiliklari hamda turli muassasalar bilan hamkorlik doirasida yuritilayotgan loyihalar haqidagi xabarlar chop etiladi.

Biometrik identifikatsiyadan o‘tganda "Bilayn" aloqaga 50% chegirma beradi

"Bilayn" xorij fuqarolari yanada foydaliroq aloqada qolish imkonini yaratadigan yangi aksiyani ishga tushirdi. "Dobro pojalovat" (Xush kelibsiz) va "UP" (yuqoriga) tariflariga ulanib, biometrik identifikatsiyadan o‘tgan mijozlar 6 oy davomida abonent to‘loviga 50% chegirma oladi.
Sputnik
Chegirma Davlat xizmatlari orqali biometrik identifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgandan va abonent to‘lovi dastlab yechib olingandan so‘ng uch kun ichida avtomatik tarzda faollashtiriladi. Ushbu taklif faqat yangi sim-karta xarid qilinganda amal qiladi.

Rossiyada 2025-yil 1-yanvardan xorij fuqarolari uchun Rossiya aloqa operatorlarining sim-kartalarini rasmiylashtirish jarayonida majburiy biometrik identifikatsiya talablari kuchga kirdi. Bu Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘lib, xavfsizlikni oshirish va shaxsni ishonchli ro‘yxatdan o‘tkazmasdan raqamlardan foydalanishning oldini olishga qaratilgan.
Aksiya 2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Xorij fuqarosi Rossiyada sim-kartani qanday rasmiylashtirishi, o‘z raqamlarini saqlab qolishlari va aloqada bo‘lib turishlari haqida batafsil ma’lumotni bilayn kompaniyasining maxsus yo‘riqnomasidan havola orqali bilib olishingiz mumkin.
Material tijoriy shartlar asosida chop etildi.