TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 3-iyul soat 11:00 da navabatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.Tadbir "O‘zbekistonda hasharotlarning mavsumiy hujumiga qarshi qanday kurashilmoqda" mavzusiga bag‘ishlangan.
Ishtirokchilar:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i Bahodir Xudoyqulov;
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot kotibi Sabina Sadinova.
Ishtirokichilar quyidagi savollarga javob berishadi: qancha ekin maydoni va qancha hosil saqlab qolindi? O‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik natijalari qanday?
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.