TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatidagi ikkita tog‘li qishloq rasman turizm qishlog‘i maqomini oldi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Omonqo‘ton - viloyat aholisi orasida qadimdan mashhur bo‘lgan xushmanzara tog‘ qishlog‘i. Yoz oylarida qishloq har kuni 5-10 ming mehmonni qabul qiladi. Bugungi kunda bu yerda 50 tadan ortiq oilaviy mehmon uyi, dam olish kapsulalari, savdo va servis shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Dva gornix sela v Samarkandskoy oblasti ofitsialno stali turisticheskimi derevnyami
© Sputnik
Ikkinchi qishloq - Oqsoy. U Nurobod tumanining tog‘oldi hududida joylashgan bo‘lib, viloyatning eng ko‘p ziyoratgohlaridan biri - "Hazrati Dovud" ziyoratgohi bilan mashhur. Qishloqda 20 taga yaqin oilaviy mehmon uyi, ovqatlanish va savdo shoxobchalari tashkil etilgan, Wi-Fi tarmog‘i ishlab turibdi, hamma joyda kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.
Dva gornix sela v Samarkandskoy oblasti ofitsialno stali turisticheskimi derevnyami
© Sputnik
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu yil oxirigacha viloyatning yana 11 ta qishlog‘i turizm qishlog‘i maqomini oladi. Bugungi kunda Samarqand viloyatida 4 ta turizm qishlog‘i va 1 ta turizm mahallasi mavjud.