Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Krasnoarmeysk yo‘nalishida keng ko‘lamli front hujumini amalga oshirmoqda

Pushilin: Krasnoarmeysk yo‘nalishida Rossiya Qurolli Kuchlarining keng ko‘lamli front hujumi davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Krasnoarmeysk yo‘nalishida keng ko‘lamli front hujumini amalga oshirmoqda. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jangchilar Chasoviy Yarda, shuningdek, Stupochek hududida oldinga siljishgan.
Krasnoarmeysk — Doneskdan 66 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining Donbassdagi eng muhim transport markazi. Shahar uchun shiddatli janglar davom etmoqda. Uning ozod etilishi Rossiya qo‘shinlariga amalda DXRning g‘arbiy chegaralariga chiqish va Zaporojyega hujumni davom ettirish imkonini beradi.
Rossiya harbiylari Krasnoarmeysk yaqinida jang qilmoqda — Pushilin
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari DXRda yana bir aholi punktini ozod qildi