Namangandagi xalqaro “Gullar festivali” yana 2 hafta davom etadigan bo‘ldi

Hozirgacha “Gullar festivali”da ishtirok etish uchun Namanganga 7 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Namangan shahrida bo‘lib o‘tayotgan 64–xalqaro “Gullar festivali” yana 2 hafta davom etadi, deya xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.
Aytilishicha, bu yilgi festivalda qatnashish istagidagilar, ayniqsa, xorijiy mehmonlar soni kun sayin ortmoqda.
“Hozirga qadar aynan “Gullar festivali”da ishtirok etish uchun Namanganga 7 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi. Ularning — 712 mingi xorijiy davlatlardan, 3 million 700 nafari mamlakatimizning turli hududlaridan, shuningdek, viloyatimizning barcha tumanlaridan 2 million 600 ming nafardan ziyod nafosat ishqibozlari keldilar”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ko‘p sonli ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflaridan kelib chiqib, tashkiliy qo‘mita tomonidan 64-xalqaro “Gullar festivali” davriyligini yana 2 haftaga uzaytirishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, festival o‘z ishini 25-mayda boshlagan edi.
Gullar festivali: Namanganga sayyohlar oqimi keskin oshdi