Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

G‘arb Rossiyaga strategik mag‘lubiyat keltira olmasligini fahmlay boshladi — Lavrov

Lavrov G‘arbning Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish istagi haqida gapirdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. G‘arb Rossiyani strategik mag‘lub eta olmasligini fahmlay boshladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.

“Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yaqin aloqalarimiz bor. Ular, ayniqsa, Kiyevdagi natsistlar rejimidan "taran" sifatida foydalanib, Rossiyaga "strategik mag‘lubiyat" yetkazishga qaror qilgan "kollektiv G‘arb"ga qarshi mamlakatimiz misli ko‘rilmagan qarshilik ko‘rsatayotgan hozirgi murakkab, tubdan o‘zgargan xalqaro vaziyatda alohida ahamiyatga ega”, — dedi Lavrov.

Uning aytishicha, G‘arb hech qachon buni uddalay olmagan va bu safar ham uddalay olmaydi. “Ular buni fahmlay boshlagan bo‘lsa kerak”, dedi TIV rahbari.