Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Xarkov viloyatida Novaya Kruglyakovkani ozod qildi

“G‘arb” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida Xarkov viloyatidagi Novaya Kruglyakovka aholi punkti ozod qilindi
Sputnik
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Rossiya harbiylari Xarkov viloyatidagi Novaya Kruglyakovkani nazoratga oldi, deb xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.
“G‘arb” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida Xarkov viloyatidagi Novaya Kruglyakovka va Petrovskoe aholi punktlari ozod qilindi”, — deyiladi vazirlikning haftalik hisobotida.
Vazirlik 22-iyun kuni Petrovskiyning ozod qilinganini e’lon qilgandi.
Bir hafta davomida “G‘arb” jangchilari dushmanning sakkizta brigadasi va ikkita chegara otradiga hujum qildi.
Kiyevning yo‘qotishlari:
1410 dan ortiq harbiy xizmatchilar;
ikkita tank;
sakkizta zirhli jangovar mashinalar;
68 ta avtomobil;
sakkizta dala artilleriya quroli;
17 ta radioelektron urush stansiyalari;
26 ta o‘q-dorilar ombori.
Shu vaqt ichida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga, Ukraina Qurolli kuchlarini ta’minlovchi yoqilg‘i-energetika obyektlariga, dushmanning harbiy infratuzilmasiga, armiya va yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktlariga ham oltita guruhli zarbalar berdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari DXRning Zaporojye qishlog‘ini ozod qildi