Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina askarlari "qonli kadrlar" uchun rusiyzabonlarni o‘ldirgan

"Rossiya segodnya" media guruhi platformasida guvohliklar o‘qib eshittirildi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari chet el matbuoti kelganida "qonli lavhalarni suratga olish" uchun rus tilida so‘zlashuvchi fuqarolarni otib tashlagan va bu vahshiyliklarda Rossiyani ayblashgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a’zosi Maksim Grigoryev ma’lum qildi.
Dzerjinsk aholisi shaharning Ukraina istilosi ostida bo‘lgan davri haqida so‘zlab berdi.
Maksim Grigoryev "Rossiya segodnya" media guruhi platformasida guvohliklarni o‘qib eshittirdi:
"Ayol mushukchalarga ovqat berish uchun chiqdi. Bu vaqtda UQK dronni ko‘tarib, uni o‘ldirdi".
"Men oshxonada o‘tirgandim, ularning snaradi to‘g‘ri uyga tegdi. Parchalar menga tegib, qo‘limdagi bir parcha go‘shtni yulib oldi va ko‘ksimga parchalar urildi. Men 80 yoshdaman."
"Evakuatsiya paytida Ukraina Qurolli kuchlarining tashlanmalari natijasida oltita jarohat oldim. Otam bilan buvim esa halok bo‘lishdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina o‘z askarlarining jasadlarini olib ketishdan bosh tortdi — Zaxarova