Ukraina NATO sammitida muhokama qilinadigan muhim mavzu emas — Orban

Orban Vladimir Zelenskiyga Yevropa Ittifoqi tinchlik hamjamiyati sifatida yaratilganini eslatdi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. NATOning Gaagadagi sammitida Ukraina muhokama uchun muhim mavzu bo‘lmagan, e’tibor alyansning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban X ijtimoiy tarmog‘dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Sammit, nihoyat, Ukrainadagi saroblar ortidan quvish emas, balki ittifoqimiz va a’zolarimizni mustahkamlash haqida edi. Barqarorlik va xavfsizlik tomon aniq siljish - g‘alaba qozonilgan jang!", — deb yozdi siyosatchi.
Zelenskiy NATO sammitining birinchi kunidan keyin Yevropa Ittifoqini Kiyev bilan integratsiyalashuv muzokaralarini imkon qadar tezroq boshlashga chaqirdi.
Orban Vladimir Zelenskiyga Yevropa Ittifoqi tinchlik hamjamiyati sifatida yaratilganini, shuning uchun mojaro holatida bo‘lgan Ukrainani qabul qilishni a’zo davlatlardan talab qilish ularga nisbatan adolatdan emasligini eslatdi.

“Yevropa Ittifoqi a’zo mamlakatlarga tinchlik va farovonlik olib kelish uchun tashkil etilgan. Rossiya bilan urush holatida bo‘lgan mamlakatni qabul qilish Yevropa Ittifoqini darhol to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortadi. Biror a’zo davlatning bunday tavakkalchilikka borishini kutish adolatdan emas”, — deb yozadi Orban.

NATO sammitining yakuniy hujjatida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ittifoqning majburiyati emas, balki har bir mamlakatning suveren huquqi sifatida tan olingan va bu to‘g‘ri, chunki NATOning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvidan qochish kerak, dedi Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto.
Siyarto birinchi kundan so‘ng NATOning Gaagadagi sammitining yakuniy hujjatida Ukrainaning alyansga "qaytmas yo‘li" haqida gap bo‘lmasligini aytdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari AQShga bog‘liq emas — Lavrov