O‘zbekiston va YeOII

Shavkat Mirziyoyev Belarusga jo‘nab ketdi

Mamlakat yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Minsk shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Mamlakat yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, bugun Minsk xalqaro ko‘rgazmalar markazida IV Yevroosiyo iqtisodiy forumi rasman ochildi. Tadbirning asosiy mavzusi - "Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasi strategiyasi: natijalar va istiqbollar." Forum Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (YeOII davlatlari rahbarlari sammiti) yig‘ilishiga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi