TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida Issiqko‘l elektoral forumi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi matbuot xizmati.
Forumda O‘zbekiston markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev va komissiya a’zosi Gulnoza Rahimova ishtirok etmoqda. Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Belarus va boshqa davlatlar saylov organlari rahbarlari va vakillari bor.
Issik-Kulskiy elektoralniy forum v Cholpon-Ate
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR
Forum yalpi majlisining mavzusi: Xalqaro saylov amaliyotini milliy kontekstga moslashtirish.
"Hamdo‘stlikning barcha mamlakatlaridagi ko‘pchilik saylovchilarni saylovlarni davlat hayotidagi eng muhim siyosiy voqea, milliy bayram darajasida qabul qilish birlashtirib turadi. Bu fikrlarni so‘nggi besh yil ichida MDH davlatlaridagi aksariyat saylovlarda ishtirok etishning yuqori darajasi ham tasdiqlaydi", — dedi MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga qarama-qarshi hodisa - elektoral absenteizmni (saylovlarda ishtirok etishdan, yig‘ilishlarda qatnashishdan bo‘yin tovlash va h.k.) ham e’tiborga olish lozim. U ham norozilik shakli, ham huquqiy madaniyat va fuqarolik o‘zligini anglash darajasining yetarli emasligi natijasi bo‘lishi mumkin. Absenteizm ko‘proq yoshlarga xos degan fikr bor. Biroq, keksa avlod ham bu hodisaga moil, dedi u.
U MDH PA Demokratiya rivojlanishini monitoring qilish xalqaro instituti xodimlari va ekspertlarining elektoral ishtirokga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish borasidagi ishlarini qayd etdi.
Shuningdek, saylov tashkilotchilari malakasini oshirishning ilg‘or usullariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi.
Forum ishtirokchilari saylovni o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tajribani qanday moslashtirish, saylov tashkilotchilarini tayyorlashning qaysi usullari samaraliroq ekanligi, yoshlarni saylov jarayonlariga faolroq jalb etish masalalarini muhokama qiladi.
Ma’lumot uchun, 23-28 iyun kunlari Issiqko‘lning Bulan-Sog‘otu qishlog‘ida markaziy saylov komissiyalari rahbarlari, MDH mamlakatlari deputatlari va ekspertlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.