O‘zbekiston va YeOII

Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev Minsk shahriga taklif etdi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 26-27 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

"Mamlakatimiz yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston va YeOII
Vladimir Putin Belarusda bo‘lib o‘tadigan YeOII sammitida ishtirok etadi