Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kiyev bilan muzokaralar to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda — Zaxarova

Zaxarova: Kiyev bilan muzokaralar to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Kiyev bilan muzokaralar to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda, dedi Rossiya taqshi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Journale du Dimanche nashriga bergan intervyusida.
"Muzokaralarning ikki raundi bo‘lib o‘tdi, 16-may va 2-iyun. Gumanitar sohada aniq kelishuvlarga erishildi. Gap harbiy asirlar va hibsga olingan fuqarolarning sezilarli almashinuvi haqida bormoqda. Inqirozni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni o‘z ichiga olgan memorandumlar almashildi. O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqdamiz", — dedi fransuz nashri suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroning chuqur sabablarini hal qilish Rossiyaning ustuvor vazifa hisoblanadi.
"Biz uchun Kiyevning NATO bilan aloqasini uzish bo‘yicha aniq kafolatlarga ega bo‘lish, shuningdek, Ukrainada tili, millati yoki dinidan qat’i nazar, asosiy huquq va erkinliklarga rioya etilishiga erishish muhimdir", — deya aniqlik kiritdi Zaxarova.
Mariya Zaxarova quyidagilarni ma’lum qildi:
Moskva ham siyosiy, ham harbiy vositalar bilan maqsadlarga erishishga tayyor;
majburiy shart — Qrim, Sevastopol, DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishini xalqaro miqyosda tan olish;
Kiyevning konstruktiv muloqotdan voz kechishi vaziyatni yanada murakkablashtiradi va Ukraina uchun kamroq qulay sharoit yaratadi.
Kiyev va G‘arb uni ekspluatatsiya qilib, uydirmalarni tarqatmoqda;
Rossiya voyaga yetmaganlarni jangovar harakatlar zonasidan evakuatsiya qilish orqali qutqarmoqda.
Ikkinchi iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida Ukraina mojaro tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan va ota-onasi bilan aloqani yo‘qotgan 339 nafar bolaning ro‘yxatini Rossiyaga topshirdi. Zaxarovaning ta’kidlashicha, hujjat go‘yoki o‘g‘irlangan "o‘n minglab" bolalar haqidagi feykni tarqatishda uch yil davomida ishtirok etganlar uchun shok bo‘lgan.
Ukrainaliklar va Yaqin Sharqdagi mojarolar: Putin “Sky News Arabia”ga intervyu berdi