TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentdagi Volgograd memorial qabristonida Ulug‘ Vatan urushi boshlanganining 84-yilligi munosabati bilan mangu olovga an’anaviy ravishda gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Rossiya muvaqqat ishlar vakili , Belarus va Qozog‘iston elchilari, Qirg‘iziston elchixonasi diplomatlari, shuningdek, Hindiston va do‘st mamlakatlar mudofaa masalalari bo‘yicha attashesi, O‘zbekiston yoshlar va faxriylar tashkilotlari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.