TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya AQShning 22-iyun tongida Isroilning Islom Respublikasiga hujumlari ortidan Erondagi bir qator yadroviy obyektlarga bergan zarbalarini keskin qoralaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining Eron hududiga AQSh zarbalari munosabati bilan e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilingan.
“Suveren davlat hududini raketa-bomba zarbalariga duchor qilish to‘g‘risidagi mas’uliyatsiz qaror, qanday dalillar keltirilishidan qat’i nazar, xalqaro huquqni, BMT Nizomini, ilgari bunday harakatlarni yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan deb aniq tavsiflagan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini qo‘pol ravishda buzadi. Ayniqsa, zarbalarni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan davlat amalga oshirgani xavotirli”, — deyilgan xabarda.
Aytilishicha, ushbu aksiyaning oqibatlari, shu jumladan radiologik oqibatlari hali baholanishi kerak. Ammo hozirdanoq mintaqaviy va global xavfsizlikka yanada putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli eskalatsiya boshlangani aniq.
Shusiz ham ko‘plab inqirozlar bilan qamrab olingan Yaqin Sharqda mojaroning kuchayish xavfi sezilarli darajada oshdi, deyilgan bayonotda. Eron yadroviy obyektlariga hujumlar natijasida Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga asoslangan global tarqatmaslik rejimiga yetkazilgan zarar alohida tashvish uyg‘otmoqda. Eronga berilgan zarbalar shartnoma obro‘siga va unga asoslangan MAGATE tekshiruv va monitoring tizimiga katta zarar yetkazdi.
“Agentlik rahbariyatidan aylanma gaplarsiz va siyosiy "teng masofa" ortiga yashirinishga urinishlarsiz tezda professional va aniq munosabat kutamiz. Agentlikning yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tadigan maxsus sessiyasida ko‘rib chiqish uchun MAGATE bosh direktorining xolis ma’ruzasi zarur. Albatta, BMT Xavfsizlik Kengashi ham bunga munosabat bildirishi shart. AQSh va Isroilning qarama-qarshi harakatlarini birgalikda rad etish kerak”, — deyilgan bayonotda.
Rossiya TIV tajovuzni to‘xtatishga, vaziyatni siyosiy-diplomatik yo‘nalishga qaytarish uchun sharoit yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirgan.