Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari DXRning Zaporojye qishlog‘ini ozod qildi

Qishloqning qo‘lga olinishi DXRni to‘liq ozod qilish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Rossiya harbiylari DXRning Zaporojye qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Sharq” qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari dushman mudofaasi tubiga yurishda davom etdi va qat’iy harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Zaporojye aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha:
qishloqning qo‘lga olinishi DXRni to‘liq ozod qilish yo‘lidagi muhim qadamdir;
Ukraina Qurolli kuchlari dengiz piyodalari katta yo‘qotishlarga duch keldi va Zaporojyeni tark etishga majbur bo‘ldi.
Guruh jangchilari, shuningdek, Zaporojye viloyatidagi Uspenovka, Temirovka, Olgovskoe, Poltavka va Malinovka hududlarida dushmanning beshta brigadasiga hujum qildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya va Ukraina mahbuslar almashinuvining navbatdagi bosqichini o‘tkazdi