TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. 2025 yilning dastlabki besh oyida Rossiya O‘zbekistonga go‘sht eksportini 2,5 barobarga oshirdi, dedi "Agroeksport" federal markazi rahbari Ilya Ilyushin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.
Ilyushinning aytishiga ko‘ra, besh oy davomida O‘zbekistonga 9,4 ming tonnaga yaqin go‘sht mahsulotlari eksport qilingan. Eksport qiymati 1,4 barobarga oshib, 12,5 million dollarni tashkil etgan.
"Parranda go‘shti o‘sishning drayveri bo‘ldi: yetkazib berish uch baravarga oshib, 8,9 ming tonnaga yetdi", - dedi Ilyushin.
Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2025-yilning 4 oyi davomida o‘zaro savdo aylanmasi 3,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.