Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov yozgi mavsumda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarda 9500 tadan ko‘proq shifo o‘rinlari tayyorlab qo‘yilgan. Shuningdek, bolalar oromgohlarida yoz oyi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgan. Bosh vazir raisligida alohida ishchi guruh tuzilgan.
"Har bitta yozgi oromgohlar farzandlarimizni qabul qilishdan oldin jiddiy tayyorgarlikdan o‘tgan. Ularga yong‘in, sanitariya epidemiologik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish, realizatsiya qilish nuqtayi nazaridan tegishli barcha talablarga javob bergandagina ruxsat beriladi", — deydi Atabekov.
To‘liq videoni Sputnik O‘zbekiston sahifasida tomosha qilish mumkin.